Qozog‘istonda Birinchi Prezident kuni davlat bayrami sifatida nishonlanmaydigan bo‘ldi
Prezident Qosim-Jomart Toqayev tomonidan «Qozog‘iston Respublikasining kinematografiya, madaniyat va bayramlar masalalari bo‘yicha ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi” qonun imzolandi, deb xabar bermoqda «Kazinform» agentligi Oqo‘rda matbuot xizmatiga tayanib.
Qonun matni vaqtli matbuotda e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.
Qozog‘istonda 25 oktyabr – Respublika kuni va 16 dekabr Mustaqillik kuni milliy bayramlari qonun bilan belgilab qo‘yilgan. Birinchi Prezident kuni esa 1 dekabr kuni nishonlanar edi. Endi ushbu bayram davlat bayramlari ro‘yxatidan chiqarildi.