Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda atom energetikasi rivojlantiriladi
20:43 / 2025-01-09

Prezident Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘istonni atom energetikasi sohasida yetakchi mamlakatga aylantirish maqsadida atom elektr stansiyalari qurilishi jadallashishi zarurligini qayd etdi.

– Biz ikki, ehtimol uchta yirik stansiya qurishimiz kerak, – dedi u Ostonadagi Loyiha idorasiga tashrifi chog‘ida. – Maqsad sun’iy intellekt va raqamlashtirish faol ishlaydigan, rivojlangan atom energetikasiga ega mamlakat barpo etish.

Toqayev mahalliy gazetaga bergan intervyusida respublika uchun quvvati kuchli AES zarurligi, yaqin yillarda ikkinchi va uchinchi shunday majmualar qurilishi boshlanishi mumkinligini qayd etgan.

2024 yil 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan, 63-66 foiz ishtirok ta’minlangan referundumda 71,12 foiz fuqaro AES qurilishini ma’qulladi. Energetika vazirligi tadqiqotiga ko‘ra, Balxash ko‘li yaqinida, Olma-ota viloyatidagi hudud qurilish uchun eng maqbul, deb topilgan.

Ayni payt Xitoyning CNNC, Janubiy Koreyaning KHNP, Fransiyaning EDF va “Rosatom” kabi bir necha salohiyatli kompaniya varianti ko‘rib chiqilyapti. Hukumat bunday loyihani amalga oshirish uchun xalqaro konsorsium tuzilishi mumkinligi, jarayonda Qozog‘iston bosh muvofiqlashtiruvchi bo‘lishi masalasini ham o‘rganmoqda.

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA