Qozog‘istonda amalga oshirilgan talonchiliklar oqibatida 80 dan ortiq yirik savdo do‘konlari zarar ko‘rgan
Qozog‘istonda yirik savdo do‘konlari ko‘rgan zarar 59 million dollardan oshadi. Talonchilik vaqtida taxminan 80 dan ortiq yirik savdo do‘konlari zarar ko‘rgan, deb xabar bermoqda Sputnik Kazaxstan.
"Qozog‘istonda yirik savdo do‘konlari ko‘rgan zarar 26 milliard tengedan (59,1 million dollar) oshadi. Jami 80 dan ortiq yirik savdo do‘konlari ziyon ko‘rdi ", – deyiladi xabarda.