Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda 9-10 asrlarga oid qadimiy o‘g‘uz yozuvi topildi
12:45 / 2025-12-24

Qozog‘istonda o‘g‘uz turklariga tegishli bo‘lgan 9-10 asrlarga oid Kulto‘be yozuvi topildi, deb xabar bermoqda “TRT Haber” nashri.

Qadimiy yozuv Turkiston shahri yaqinida joylashgan Orangay qishlog‘idagi maktab muzeyida tasodifan topilgan. Shu paytgacha tarixiy yodgorlik ilmiy tadqiqot mavzusi bo‘lmagan edi. Bu kashfiyot turkiy dunyo uchun ayniqsa ahamiyatlidir, chunki u o‘g‘uz tili faqat 13 asrda yozib olingan degan ilmiy qarashlarni rad etadi.

Ta’kidlanishicha, yozuv bitta satrdan iborat va uni o‘qish qiyin. Eng maqbul talqinlar orasida “kazar kan kul” iborasi bor, uni “Xazar xonining xizmatkori” deb tarjima qilish mumkin. Agar bu talqin tasdiqlansa, bu O‘g‘uz yabg‘uylarining Xazar xoqonligiga siyosiy yoki vassal qaramligi haqidagi gipotezani qo‘llab-quvvatlovchi muhim ma’lumot bo‘ladi. 

Yozuvning sanasini va uning tarixiy kontekstini aniqlashtirish uchun tadqiqotlar olib borilishi kutilmoqda va kashfiyotning o‘zi turkiy yozma madaniyatining kelib chiqishi va rivojlanishini o‘rganishda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.

S.Rahimov, O‘zA