Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda 15-mart kuni umumxalq referendumi o‘tkaziladi
18:43 / 2026-02-12

Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha umumxalq referendumi joriy yil 15-mart kuniga belgilandi. Shu haqdagi Prezident Qosim-Jomart Toqayev imzolagan tegishli farmon matni va yangi qomus loyihasi bugun mahalliy matbuotda rasman e’lon qilindi.

Referendumni o‘tkazish Markaziy saylov komissiyasi, shuningdek hududiy va uchastka komissiyalari zimmasiga yuklatilgan.

Mamlakat Konstitutsiyaviy komissiya raisi va Konstitutsiyaviy sud raisi Elvira Azimova ta’kidlashicha, o‘n ikkinchi yig‘ilishdan so‘ng Komissiya yangi Asosiy qonun yakuniy loyihasini tasdiqlagan. Bosh Qomus matni o‘tgan yil oktabr oyidan beri “eGov” va “e-Otinish” portallari orqali taqdim etilgan fuqarolar va ekspertlar hamjamiyati tashabbusi asosida tayyorlangan. Hujjatda Parlament islohoti bo‘yicha ishchi guruh tomonidan oktabr va yanvar oylarida ishlab chiqilgan tavsiyalar ham aks etgan. Muhokamalardan keyin Konstitutsiyaviy komissiya loyihani umumxalq referendumiga taqdim etish taklifini bergan.

Toqayev Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan keng ko‘lamli va muhim ishlar bajarilganini e’tirof etdi. Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, ushbu qoidalar davlatning institutsional poydevorini o‘zgartirish jarayoni yakunlangani va Qozog‘iston mutlaq yangi konstitutsiyaviy modelga o‘tishni anglatadi.

Shuningdek, Prezident mazkur loyiha nafaqat hozirgi ijtimoiy qadriyatlar va davlat siyosati tamoyilini aks ettirishi, balki respublika yanada jadal rivojlanishi uchun uzoq muddatli, mustahkam poydevor yaratishini ham ta’kidladi.

G.Sattorova, O‘zA