Qozog‘istonda 100 ming malakali IT mutaxassisi tayyorlanadi
Qozog‘istonda 100 ming nafar malakali IT mutaxassisi tayyorlanmoqda. Mazkur loyiha axborot texnologiyalari bo‘yicha iqtisodiyotning aniq sohalari, masalan sun’iy intellekt, yirik hajmli ma’lumot bilan ishlash, virtual reallik va internet vositasi yo‘nalishlariga ixtisoslashgan kuchli xodimlarni tayyorlashga qaratilgan. Mamlakatning ko‘plab IT maktablari va oliy o‘quv yurtlari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlamoqda, deyiladi “Kazinform” tarqatgan xabarda.
Ma’lumotga ko‘ra, kelgusi ikki yil mobaynida “nFactorial School” va “Shevron” kompaniyalari hamkorligida, “Satbayev University” ko‘magida dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha yozgi maktablar tashkil etiladi.
Ta’kidlanishicha, hozir “AI Centre Astana Hub”, “Satbayev University”, “ISSAI Nazarbayev University” hamda “nFactorial”, “Alem”, “Blockchain University”, “GeekBrains”, “Udemy”, “Coursera”, “Stepik” kabi onlayn-platforma va ta’lim muassalarida malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ish olib borilyapti.