English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston Xalq partiyasi ham prezidentlikka Toqayevning nomzodini ilgari surmoqda
12:26 / 2022-10-06

Qozog‘istonda hukumatni boshqarayotgan "Amanat" partiyasi ham amaldagi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi. Ushbu qarorning qabul qilinishi uchun partiyaning navbatdan tashqari XXIV s’ezdi delegatlari ovoz berdi.

"Qaror bir ovozdan qabul qilindi. "Amanat" partiyasining XXIV s’ezdida partiyadoshlar bir ovozdan amaldagi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayevni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishga qaror qildi", – dedi partiyaning ijro kotibi Asxat Oralov. 

Avvalroq Toqevning nomzodini qo‘llab-quvvatlashini bir nechta jamoatchilik tashkilotlari va birlashmalar, jumladan,  milliy volontyor tarmoqlari, Qozog‘iston fuqarolar alyansi, generallar kengashi,  Qazaqstan team yoshlar birlashmasi, Afg‘oniston urushi veteranlari assotsiatsiyasi, sportchilar ittifoqi va boshqalar ham  ma’lum qilgan edi. 

Qosim-Jomart Toqayev Pavlodarda jamoatchilik bilan uchrashuvda aniq bir tashkilot nomidan emas, balki jamoatchilik-siyosiy kuchlarning keng  koalitsiyasi tomonidan saylovda qatnashish to‘g‘ri qaror ekanini aytgandi. Uning fikricha, bu “davlat rahbarining turli partiyalar va birlashmalardan teng masofa saqlash tamoyilini tasdiqlaydi”.

Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezident saylovi 20 noyabrga belgilangan.