Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozogʻiston Xalq assambleyasi sessiyasi boʻlib oʻtadi
09:56 / 2023-03-27

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 26-27-aprel kunlari Qozogʻiston Xalq assambleyasi sessiyasini chaqirish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati maʼlum qildi.

- Prezident Toqayev “Adolatli Qozogʻiston: birlik, barqarorlik, taraqqiyot” shiori ostidagi XXXII sessiya yuzasidan farmon qabul qildi, - deyiladi xabarda. - Anjuman 26-27-aprel kunlari Ostonadagi Tinchlik va totuvlik saroyida oʻtadi.

Xalq assambleyasining asosiy vazifasi davlat milliy siyosatini yuritish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash, millatlar aro munosabat sohasida davlat va jamiyat bilan fuqarolik institutlari hamkorligi samaradorligini oshirishdan iborat.

Hozir Qozogʻistonda qozoq, oʻzbek, rus, ukrain, nemis, koreys, uygʻur, qirgʻiz, yahudiy, arman, gruzin singari 125 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi.

OʻzA