Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston va Xitoy vizasiz rejim to‘g‘risida bitim imzoladi
15:06 / 2023-05-18

Qozog‘iston va Xitoy ikki mamlakat fuqarolarini sayyohlik va tadbirkorlik safarlarida talab qilinadigan viza tartibidan ozod qilish bo‘yicha hukumatlararo bitimni imzoladi, deb xabar tarqatdi.

Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati. Qozog‘iston rahbari Qasim-Jomart Toqayev chorshanba kuni davlat tashrifi bilan Xitoyga kelgan. Xabarda aytilishicha, tashrifning birinchi kunida Qasim-Jomart Toqayev bilan Xitoy raisi Si Szinpin o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tgan.

Avvalroq Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi bergan xabarda aytilishicha, mazkur hujjat ikki mamlakat fuqarolaridan o‘zaro safari chog‘ida davlat chegarasidan o‘tgan paytdan boshlab 30 kalendar kuni davomida viza talab qilinmaydi, yarim yil davomida jami 90 kun vizasiz yurishi mumkin.

Qozog‘iston tashqi siyosat idorasining ta’kidlashicha, bitimning imzolanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning mustahkamlanishiga yo‘l ochadi, fuqarolar safarlarini yengillashtiradi.