Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston va Xitoy viza tartibi bo‘yicha hujjat imzoladi
15:52 / 2023-05-18

Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida fuqarolarni sayyohlik va tadbirkorlik maqsadidagi safar uchun talab qilinadigan viza tartibidan ozod qilish bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi, deb xabar tarqatdi Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati.

Mamlakat rahbari Qosim-Jomart Toqayev kecha davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi. Axborotda keltirilishicha, tashrifning birinchi kuni u XXR raisi Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazgan.

Avvalroq mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ushbu hujjat ikki mamlakat fuqarolaridan o‘zaro safar chog‘ida davlat chegarasidan o‘tgan paytdan boshlab 30 kun viza talab qilinmasligi, yarim yil davomida jami 90 kun vizasiz yurish mumkinligini nazarda tutishi ta’kidlangan edi.