Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida qurol-yarog‘ saqlanayotgan joy topildi
19:20 / 2022-01-17

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmatining Jambil viloyati bo‘yicha departamenti davlat chegarasidan ikki kilometr uzoqlikda o‘qotar qurollar saqlanayotgan omborni aniqladi.

Xonadan to‘rtta to‘pponcha, oltita miltiq va silliq o‘qli qurollar topildi, — deya xabar bermoqda Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuoti.

Mazkur fakt yuzasidan surishtiruv ishi olib borilmoqda.

14 yanvar kuni “Qo‘rday” (avtomobil) nazorat-o‘tkazish punktida yengil avtomashinada harakatlanayotgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi qo‘lga olingan.

Bagajni tekshirish chog‘ida 50 dona xat muhri, 4 dona chet el pasporti, 20 dona bank kartasi topildi, — deya qayd etadi Qozog‘iston MXQ matbuoti.

Qo‘lga olingan shaxs Qo‘rday tumani IIBga yetkazilgan.

Ulug‘bek Mahmirzayev