Qozog‘iston va Ozarbayjon harbiy-dengiz mashqi o‘tkazadi
“AZfront” yangiliklar kanali Qozog‘iston mudofaa vazirligiga tayanib yozishicha, yaqin kunlarda Kaspiy dengizining Qozog‘iston sektorida Ozarbayjon harbiy xizmatchilari bilan birga “Kaspiy shabadasi-2025” harbiy-dengiz mashg‘uloti o‘tkaziladi. Tadbir davomida assimetrik tahdidni qaytarish, halokatga uchragan samolyot va kemalarga ehtimoliy yordam ko‘rsatish jarayoni bo‘yicha mashq olib borish rejalashtirilgan. Dengiz va havo nishoniga qarata jonli otishma ham sinab ko‘riladi.
Mashg‘ulotda dengiz floti bazasi qirg‘oq bo‘linmasi va kemalari shaxsiy tarkibi ham ishtirok etadi. Ozarbayjondan ikkita qo‘riqlash va yordamchi kemalar hamda qirg‘oq bo‘linmalari shaxsiy tarkibi hozir bo‘ladi.