Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston Senat a’zoligiga 130 kishi nomzodi ko‘rsatildi
10:02 / 2022-12-16

Qozog‘iston parlamenti Senati a’zoligiga 130 kishi o‘z nomzodini ilgari surdi, ulardan uch nafari maslihatlar (kengashlar) tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, qolganlari shaxsiy tashabbus ko‘rsatdilar. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Konstantin Petrov ma’lum qildi.

“29 noyabrdan 14 dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida respublika bo‘yicha parlament Senati a’zoligiga 130 nafar nomzod ko‘rsatildi. Shunday qilib, har bir o‘rin uchun olti kishidan ko‘proq nomzod to‘g‘ri keladi”, dedi Petrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyatlar bo‘yicha eng ko‘p nomzod Ostona va Olma-Otadan - 10 nafardan ko‘rsatilgan.

“Nomzodlarning ko‘p qismi o‘z tashabbusi bilan ko‘rsatgan, ya’ni 127 nafari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ilgari surgan. Uch nafar nomzod maslihatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan”.  

Nomzodlarning o‘rtacha yoshi 50,5 atrofida. Eng yosh nomzod (30) Aktyubinsk va eng keksa nomzod (74) g‘arbiy Qozog‘iston viloyatidan ko‘rsatilgan.

Nomzodlarning to‘rtdan birini ayollar tashkil etadi.  

Qozog‘iston parlamenti Senatiga saylovlar 2023 yilning 14 yanvarida bo‘lib o‘tadi.

Senat a’zoligiga nomzodlar 29 noyabrda boshlanib, 14 dekabrda yakunlangan.  

 

O‘zA