Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi
16:53 / 2022-07-03

Qozog‘iston O‘zbekistonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar yuzasidan bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kazinform” mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib.

«O‘zbekiston Qozog‘iston uchun qardosh davlat, ishonchli ittifoqchi va strategik sherik. Shuning uchun Qozog‘iston O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan so‘nggi voqealarni xavotir bilan qabul qildi. 

Biz O‘zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

G‘oyat muhim siyosiy voqea – Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum arafasida qardosh O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishiga ishonchimiz komil. 

Qozog‘iston 1998 yil 31 oktyabrdagi Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma, 2013 yil 14 iyundagi Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma va 2021 yil 6 dekabrdagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ruhida O‘zbekiston bilan ko‘p tarmoqli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash ahdida qat’iy», - deyiladi rasmiy bayonotda.