English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston prezidenti Turkiyaga tashrif buyurdi
17:58 / 2022-05-10

Bugun Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Turkiyaga tashrif buyurdi, deb xabar beradi mamlakatning «Anadolu» axborot agentligi.

Prezident Tokayevni aeroportda Turkiya bosh vaziri, gubernator ma’muriyati vakillari , Nur-Sultondagi Turkiya elchisi va Anqaradagi Qozog‘iston elchisi kutib olishdi. Ikki mamlakat prezidentlari ikki tomonlama va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib bordi. Davlat rahbarlari ishtirokida qator hujjatlar imzolanishi va matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qayd etish joizki, bu Qosim-Jomart Tokayevning prezidentlik lavozimida Turkiyaga uyushtirgan ilk rasmiy tashrifi hisoblanadi. Tashrif ikki kun davom etadi.