Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston Prezidenti Makkada
18:05 / 2022-07-25

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Makkada kichik haj ziyoratini amalga oshirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

“Toqayev 24 iyul kuni islom dinining bosh ziyoratgohi – Makka shahrida umra (kichik haj)ni ado etdi. Prezident alohida sharafga – Ka’baga kirish baxtiga musharraf bo‘ldi. Ka’ba eshigi alohida holatlarda, hurmatli mehmonlar uchun ochiladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, “bu Saudiya Arabistoni rahbariyatining Qozog‘iston Prezidentiga nisbatan chuqur e’tiboridan dalolat”.

Umra – Makkadagi Ka’baga kichik ziyorat bo‘lib, hajdan farqli ravishda yilning istalgan vaqtida o‘tkazilishi mumkin.

O‘zA