Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston prezidenti ishchi tashrif bilan Rossiyaga boradi
14:36 / 2022-02-09

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 10-11 fevral kunlari ishchi tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi.

Bu haqda ma’lum qilgan Qozog‘iston rahbarining matbuot kotibi Berik Uali: “10-11 fevral kunlari Toqayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga muvofiq Rossiya Federatsiyasiga ishchi tashrifini amalga oshiradi. 10 fevral kuni Toqayev Rossiya prezidenti bilan muzokaralar olib boradi. Muzokaralarda ikki davlatning ko‘p tomonlama strategik hamkorligining rivojiga doir masalalar ko‘rib chiqiladi”,- deb yozadi o‘zining “Facebook”dagi sahifasida.

Shuningdek, tashrif doirasida Qozog‘iston prezidenti 11 fevral kuni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashishi belgilangan, deyiladi xabarda.