Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston poytaxtiga avvalgi nomini qaytarish taklif qilinmoqda
19:04 / 2022-09-07

Yaqinda Qozog‘iston hukumati a’zolari deputatlarning poytaxtni qayta nomlash taklifiga izoh berdi. Parlament Majilisining «Jaңa Qazaqstan» deputatlar guruhi bayonot berishicha, poytaxtga avvalgi “Astana” nomini qaytarish adolatli bo‘ladi.

Parlament Majilisi Raisi Yerlan Koshanov poytaxtga avvalgi nomini qaytarish bo‘yicha bildirilayotgan ushbu takliflarga izoh berdi, deyiladi “Kazinform” xalqaro axborot agentligi tarqatgan xabarda.

«Poytaxtni qayta nomlash haqida gapiradigan bo‘lsak, bu deputatlar guruhi tashabbusi hisoblanadi. Bir necha yil avval poytaxt nomi o‘zgargandan keyin jamoatchilik orasida haligacha bahs-munozaralar davom etmoqda.

Xalqning ko‘pchiligi bildirayotgan fikrlar poytaxtning avvalgi nomini qaytarish haqida bo‘lmoqda», – dedi Yerlan Koshanov Majilis yig‘ilishi yakunida jurnalistlar bergan savollarga javob berar ekan. Shu sababli, uning qo‘shimcha qilishicha, deputatlar xalq murojaatiga quloq solish uchun poytaxtning avvalgi nomini qaytarish masalasini ko‘targan.

Majilis yig‘ilishida bildirilgan mazkur taklifni Qozog‘iston respublikasi madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev shunday sharhladi: «Deputatlar tez-tez hududlarda bo‘lishadi, aholi bilan uchrashadi. Aytish joizki, ular jamoatchilik fikrini ko‘rib turishibdi», shunday ekan, kelinglar, bu masalada qo‘yiladigan keyingi qadamni kutaylik, – dedi u.