Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston poytaxti nomini Ostona, deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmon kuchga kirdi
10:45 / 2022-09-19

Qozog‘iston Prezidenti Kosim-Jomart Tokayevning respublika poytaxti Ostona, deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmoni dushanba kuni “Kazaxstanskaya pravda” rasmiy gazetasida e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kirdi.

Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton shahri nomini Ostona, deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmoni19 sentyabr kuni roppa-rosa yarim tunda e’lon qilindi. U rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Gazetada Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun ham e’lon qilindi.

17 sentyabr kuni Tokayev Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi, unga ko‘ra, Ostonaning sobiq nom Qozog‘iston poytaxtiga qaytarilgandi.

Bundan tashqari, Asosiy qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat rahbarining vakolat muddati qayta saylanish huquqisiz yetti yillik muddat bilan cheklandi.

1997 yilda birinchi Prezident Nazarboyev tashabbusi bilan poytaxt Olmaotadan Aqmala shahriga ko‘chiriladi, bir yildan keyin Ostona nomiga o‘zgartiriladi. 2019 yilning 23 mart kuni davlat rahbari Tokayev poytaxt nomini Nur-Sulton, deb nomlash farmonini qabul qiladi.