Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston parlamenti Qirg‘iziston bilan harbiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi
11:46 / 2022-05-26

Qozog‘iston parlamenti payshanba kuni Qirg‘iziston hukumati bilan beg‘araz harbiy-texnikaviy qo‘llab- quvvatlash to‘g‘risidagi bitimni ma’qulladi. Xabarda parlament majlisi qonun chiqaruvchi organ saytida namoyish qilib borilgani aytilmoqda.

Mazkur bitim ikki mamlakat Vazirlar Mahkamasi o‘rtasidagi 2021 yil 7 dekabrda Nur-Sultonda imzolangan edi. Hujjatga ko‘ra, Markaziy Osiyoning xavfsizlik va mudofaa salohiyatini ta’minlash maqsadida Qozog‘iston tomoni Qirg‘izistonni harbiy-texnikaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu harbiy vositalar bir martalik bo‘lib beg‘araz beriladi.  

Bitimga Qirg‘iziston qabul qilib olgan harbiy vositalarni uchinchi mamlakatga bermasligi va ularni MDHga a’zo davlatlarga qarshi ishlatmasligi bo‘yicha ham band kiritilgan.  

Senat tomonidan tasdiqlanganidan keyin bitimni Qozog‘iston Prezidenti imzolashi kerak bo‘ladi.