Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston O‘zbekistonga gaz tranzitini oshiradi
20:52 / 2024-07-16

Joriy yil Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekiston va Qirg‘izistonga tranzitini, shuningdek Turkmaniston va O‘zbekiston gazining Xitoy Xalq Respublikasiga tranzitini oshirish niyatida.

Respublika energetika vaziri Almasadam Satkaliyev hukumat yig‘ilishida ma’lum qilishicha, 2023 yil oktyabr oyida RFdan mamlakatimizga gaz tranziti yo‘lga qo‘yilgan.

– O‘tgan yil 1,28 milliard kub metr gaz tashilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichni joriy yil 3,8 milliard, kelgusida esa yiliga 11 milliard kub metrgacha oshirishni rejalashtirganmiz, – dedi mulozim.

Ta’kidlanishicha, Turkmaniston va O‘zbekiston gazining Xitoyga tranzitida ham “barqaror o‘sish” kuzatilyapti. Joriy yil ushbu ko‘rsatkich 37,1 milliard kub metrga yetishi taxmin qilinmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub metr ko‘p.

– Endi Qozog‘iston orqali Rossiya gazini Qirg‘izistonga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilyapti, – dedi Satkaliyev.