Qozog‘iston milliy banki mart oyidan buyon 542 million dollarlik valyuta intervensiyasini amalga oshirdi
Mazkur chora bozorni barqarorlashtirish uchun qo‘llanilmoqda, dedi Qozog‘iston milliy banki raisi Galimjan Pirmatov hukumat majlisida so‘zga chiqib.
«Mart oyida qo‘shimcha sanksiyalar qo‘llanilgani, jumladan, AQSHning Rossiya nefti importiga taqiq qo‘ygani rubl qiymatining pasayib ketishiga sabab bo‘ldi, bu esa, tengega bosimni kuchaytirmoqda.
Mart oyi boshidan buyon 542 million dollarlik valyuta intervensiyasi amalga oshirildi. 14 mart kuni bir dollar uchun kurs 511,74 tengeni tashkil etdi», – dedi u. Qozog‘iston milliy banki raisining ta’kidlashicha, fevralda valyuta intervensiyasi 273,7 million dollarni tashkil etgan.