English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston maktablari besh kunlik formatga o‘tadi
17:51 / 2022-08-19

Qozog‘iston respublikasi ta’lim vaziri Asxat Aymagambetov mamlakatda maktablarning ishlash formatini o‘zgartirish bo‘yicha rejalari haqida so‘zlab berdi, deb yozmoqda «Kazinform» agentligi.

«Biz kelasi yildan boshlab uch smenali maktablarni istisno qilgan holda, qolgan barcha maktablarni besh kunlik o‘quv formatiga o‘tkazishni rejalashtirdik. Bu maktab direktorlariga, o‘qituvchilarga va boshqa barcha ishchilarga tegishli bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, o‘qituvchilar shanba kuni dam olishi kerak, ular shu kuni oila bag‘rida bo‘lsin», – dedi Asxat Aymagambetov konferensiyada. Uning so‘zlariga qaraganda, bu maktab direktori va direktor o‘rinbosarlariga ham tegishli.

«Bu yerda ushbu formatning mehnat ta’tiliga ta’siri bormi, degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Yangi format mehnat ta’tiliga ta’sir qilmaydi. Mehnat ta’tili 56 kun va u o‘zgarmaydi», – dedi vazir.