English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston Liviya uchrashuvi yirik hisobda yakunlandi
20:39 / 2024-09-18

Mamlakatimizda futzal bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionati “D” guruhi doirasidagi ikkinchi tur o‘yinlari Qozog‘iston va Liviya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bilan boshlandi.

Andijon shahridagi Universal sport majmuasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning dastlabki daqiqalari teng kurashlar ostida o‘tdi.  

Birinchi taymning o‘rtasiga kelib, Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi Akjol Daribay hisobni ochdi. Ko‘p o‘tmasdan Liviya terma jamoasi a’zosi Moxammad Xamis chiroyli tarzda gol kiritib, hisobni tenglashtirdi.  

[gallery-19337]

Uchrashuvning 17-daqiqasida Birjan Urazov, oradan bir daqiqa o‘tib, Jahongir Rashit raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi va Qozog‘iston terma jamoasini 3:1 hisobida oldinga olib chiqdi. Birinchi taym ana shu natija bilan yakunlandi.  

Ikkinchi taymning 15-daqiqasida Qozog‘iston terma jamoasining 9-raqamli o‘yinchisi Albert Akbalikov tomonidan kiritilgan gol hisobni Qozog‘iston foydasiga 4:1 ko‘rinishga keltirdi.  

Shunday qilib, qozog‘istonlik futzalchilar Liviya terma jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.  

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 21 sentyabr kuni Yangi Zelandiya termasiga qarshi o‘tkazadi.  

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari