Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston: Kulsari yaqinida to‘planib qolgan yuk mashinalarini O‘zbekiston orqali olib o‘tish rejalashtirilmoqda
12:52 / 2024-04-13

Qozog‘iston Transport vazirligi o‘zbekistonlik hamkasblari bilan Kulsarida to‘planib qolgan yuk mashinalarini O‘zbekiston hududi orqali olib o‘tish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar tarqatdi “Kazinform” axborot agentligi vazirlik matbuot xizmatiga tayanib.

Atirov viloyatidagi Kulsari-Dossor trassasining ayrim uchastkalarini suv yuvib ketgani sababli mahalliy va xorijiy 358 ta yuk avtotransport vositalari harakatlarida murakkabliklar kuzatilmoqda. Mangistov viloyatida ham 67 ta avtotransport vositasi to‘xtab qolgan.

Shu sabab hozirda Qozog‘iston Respublikasi transport vazirligi O‘zbekiston tomoni bilan birgalikda Qozog‘iston avtotransportlarini soddalashtirilgan tartibda Mangistov va Turkiston viloyatlaridagi “Tajen” hamda “Qonisbayev” o‘tkazish manzilidan O‘zbekiston hududi orqali olib o‘tish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.