Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov 5 iyun kuni o‘tkazilgan referendum natijasi bo‘yicha mamlakat Konstitutsiyaga kiritilgan tuzatish va o‘zgarishlar amalda qo‘llana boshlagani to‘g‘risida bayonot berdi.
Demak, qo‘shni respublika asosiy qonunida quyidagi o‘zgarishlar aks etdi:
- Qozog‘iston boshqaruvning superprezidentlik shaklidan kuchli parlamentli prezident boshqaruvi tizimiga o‘tadi;
- Yer osti va usti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatning boshqa resurslari xalqqa tegishli;
- Prezidentning yaqin qarindoshlari siyosiy davlat xizmatchisi, kvazidavlat sub’ekti rahbari lavozimlarini egallash huquqiga ega emas;
- Qozog‘istonlar mustaqil ravishda Konstitutsion sudga murojaat etishlari mumkin.
- O‘lim jazosi taqiqlangan. Insonni hayotdan o‘zboshimchalik bilan mahrum qilishga hech kimning haqi yo‘q.
- Majilisning deputatlik tarkibi aralash saylov tizimi asosida shakllantiriladi;
- Senatdagi Prezidentlik kvotasi qisqartiriladi, Majilisdagi Qozog‘iston xalqi assambleyasi kvotasi bekor qilinadi;
- Majoritar tizim deputatni saylovchilar talabiga ko‘ra chaqirib olinishiga imkon beradi;
- Birinchi Prezidentning alohida roli va imtiyozlari haqidagi bandlar chiqarib tashlandi.