Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Turg‘umbayevning iste’fosi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar rad etildi
16:35 / 2022-02-23

Qozog‘iston ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umbayevning iste’foga chiqqani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar haqiqatdan yiroq. Bu haqda respublika ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Kuni kecha Qozog‘istonning ijtimoiy tarmoqlarida Turg‘umbayevning tez orada iste’foga chiqarilishi haqida xabar tarqalgan edi.

"Ichki ishlar vaziri Yerlan Turg‘umbayevning iste’foga chiqishi haqidagi xabar haqiqatdan yiroq. Vazir shtat rejimida ishlayapti",  deyiladi xabarda.

Turg‘umbayev Qozog‘iston ichki ishlar vazirligiga 2019 yil fevral oyidan buyon rahbarlik qilib keladi.