Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston Germaniyaga 20 ming tonna neft jo‘natishni rejalashtirmoqda
14:17 / 2023-03-15

Qozog‘iston “Drujba” neft quvuri orqali Germaniyaga navbatdagi 20 ming tonnalik “qora oltin” partiyasini jo‘natadi, deb yozmoqda “Kazinform” agentligi.

Hukumat majlisi vaqtida Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Bolat Akchulakov 20 ming tonnalik birinchi partiya allaqachon jo‘natilgani, xuddi shunday ikkinchi partiya ham mart oyida jo‘natilganini ma’lum qilgan.    

Umuman, shartnomaga ko‘ra, Qozog‘iston Germaniyaga jami 300 ming tonna neft yetkazib berishi kerak.  

Uning aytishicha, ushbu raqamni 1,2 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud, lekin bu tijoriy omillarga bog‘liq masala.