Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston gaz ittifoqini tashkil etishni muhokama qilgani yo‘q
14:24 / 2022-12-12

Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston gaztransport tizimining texnik imkoniyatlarini muhokama qilmoqda, gaz ittifoqini tashkil etish bo‘yicha gap bo‘lgani yo‘q, deb bayonot berdi Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov.

"Aslida gaz ittifoqini barpo qilish muhokama qilingani yo‘q. Barcha muhokamalar ikki tomonlama hamkorlik formatida olib borildi, deylik, Qozog‘iston RF bilan, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida. Uch tomonlama formatda muhokama qilingani yo‘q, biz o‘zimizning gaztransporti tizimlarimizning texnik imkoniyatlarini muhokama qilmoqdamiz", – degan u hukumatning kengaytirilgan majlisida jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, deb yozmoqda RIA Novosti.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, gaz sohasidagi hamkorlik masalalari uch tomonning ham roziligini talab qiladi. "Bu amaliy masalalar, shu bois qandaydir ittifoq tashkil qilish haqidagi gap-so‘zlar umuman bo‘lgani yo‘q", – deya qo‘shimcha qilgan vazir, deyiladi xabarda.