Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston favqulodda holat tartibini bekor qildi
23:50 / 2022-01-18

Ommaviy tartibsizlik sabab joriy yil 5 yanvar kuni butun Qozog‘iston bo‘ylab joriy etilgan favqulodda holat 19 yanvardan tugaydi, dedi respublika prezidenti matbuot kotibi Berik Uali.

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5 yanvarga o‘tar kechasi fuqarolar xavfsizligiga jiddiy va bevosita tahdid tufayli Olmaota va Mang‘istauda 19 yanvar kuni soat 00.00 ga qadar favqulodda holat e’lon qildi. O‘sha kuni davlat rahbari mazkur tartibni mamlakatning boshqa barcha hududlariga ham joriy etdi. Qozog‘istonning 17 viloyatidan o‘ntasida Toqayev farmon bilan favqulodda holatni muddatidan avval bekor qildi.

19 yanvar yarim tundan boshlab Nur-Sulton va Almati shaharlari, shuningdek, Almati, Atirau, Jambil, Qizilo‘rda va Mang‘istau viloyatlarida favqulodda holat tartibi to‘xtatiladi”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Ualining ta’kidlashicha, prezident avvalroq boshqa hududlarda ham bunday rejimni oldindan to‘xtatgan edi.

"Shunday qilib, butun mamlakat normal hayotga qaytmoqda. Favqulodda holat davri uchun kiritilgan komendantlik soati va boshqa vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi", deb yozgan Uali.

Davlat rahbari matbuot kotibi “xalq birligi va hamjihatligi, huquq-tartibot idoralari va armiyaning fidokorona mehnati tufayli butun Qozog‘istonda tartib va osoyishtalik o‘rnatilgani”ni ta’kidladi. “Yurtimizda hamisha tinchlik va farovonlik hukmron bo‘lsin!”, deya so‘zini yakunladi u.