French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston elchisi OKMKda
17:54 / 2023-06-02

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga Qozog‘istonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalardagi aloqalarning yildan-yilga mustahkamlanayotganligi ta’kidlandi. Shuningdek, kombinatning qo‘shni davlat korxonalari bilan manfaatli hamkorligi bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.  

Ma’lumot uchun: “Glencore International AG” kompaniyasi OKMK bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha Qozog‘istonning “Kazsink” korxonasiga qo‘rg‘oshin tarkibli materiallari yetkazib beradi.  

2022 yilda ushbu korxonaga 25 ming tonna qo‘rg‘oshin tarkibli materiallar yetkazib berilgan. 2023 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra, “Kazsink” korxonasiga 3 ming tonna qo‘rg‘oshin tarkibli materiallar yuborilgan. Yil oxiriga qadar esa 60 ming tonna ushbu mahsulot yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.  

OKMK axborot xizmati,

O‘zA