Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston BMTning tinchlikparvar kuchlar missiyasidagi faoliyatini kengaytirmoqchi
09:02 / 2021-12-10

Qozog‘iston mudofaa vazirligi o‘zining BMT shafe’ligidagi tinchlikparvar kuchlar missiyasidagi faoliyati doirasini kengaytirishdan manfaatdor.

“TASS” xabarida aytilishicha, mudofaa mahkamasi matbuot xizmati vazir o‘rinbosari Sultan Kamaletdinovning Jahon tinchlikparvarlik tashkilotining vazirlar darajasidagi anjumanida ishtirok etganini ma’lum qilgan.

“U Qozog‘iston bu boradagi faoliyati doirasini kengaytirish maqsadida qozoq tinchlikparvarlari uchun ko‘proq kvotalar ajratilishini so‘radi”, deyiladi xabarda.

Mahkama ma’lumotiga ko‘ra, 2007 yildan boshlab 500 nafardan ortiq qozog‘istonlik harbiylar BMTning Nepal, G‘arbiy Saxara, Kot-d’Ivuar va Livandagi tinchlikparvarlik missiyalarida qatnashgan.