Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston 22 ta aeroportni Yevropa investorlariga bermoqchi
11:16 / 2024-02-01

Qozog‘iston hukumati o‘z boshqaruvidagi 22 aeroportni fuqaro aviatsiyasi sohasida sanoatni rivojlantirish va qit’aviy tranzit xabi yaratish maqsadida Yevropadan kelayotgan investorlarga berish rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi “Kazinform”. Bu haqda respublika transport vaziri Marat Qorabayev Bryusselda Belgiya Bosh vaziri o‘rinbosari – transport vaziri Georges Guilkinet bilan uchrashuvda aytgan. Muloqot lavomida mavjud transport yo‘laklarini kengaytirish, shuningdek ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasida uzoq muddatli o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilingan.

Qorabayev aytishicha, Qozog‘iston yaqin 5 yil ichida transport sohasidagi yirik infratuzilma loyihalari uchun 40 milliard yevro jalb etish niyatida.  

– Shu davr ichida 4 700 kilometr tranzit yo‘lni rekonstruksiya qilish va Transkaspiy xalqaro transport yo‘nalishi asosini tashkil etuvchi maxsus yo‘lni ta’mirlash rejalashtirilgan, – deydi vazir. – Buning uchun “Global Gateway” tashabbusi doirasida mablag‘ to‘plash va yevropalik pudratchilarni Qozog‘istonda avtomobil yo‘li qurilishi bo‘yicha yirik loyiha ishtirokchisi bo‘lishga taklif qilamiz.  

Shuningdek, qardosh mamlakat 1300 kilometr yangi temir yo‘l magistrali barpo etish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilishga kirishadi.  

Dengiz flotini mustahkamlash va Aqtau portida konteyner xabi yaratish uchun investorlarga terminal inshootini rivojlantirish uchun 171 gektar yer taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, Aqtau va Qurik dengiz portlarini kema yoki to‘lov shartida ishonchli boshqaruvga o‘tkazish mumkin.