Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozogʻistonning mashinasozlik mahsulotlari qaysi mamlakatlarga eksport qilinmoqda?
16:47 / 2020-06-19

Qozogʻiston Respublikasi sanoat va infratuzulmalarni rivojlantirish vaziri Beybut Atamkulov industrializatsiya dasturlarining hayotga joriy qilinishi haqida soʻzlab berdi, deb xabar qiladi “Kazinform”.


Qozogʻiston Respublikasi sanoat va infratuzulmalarni rivojlantirish vaziri Beybut Atamkulov industrializatsiya dasturlarining hayotga joriy qilinishi haqida soʻzlab berdi, deb xabar qiladi “Kazinform”.

“Oʻtgan yillarda Qozogʻistonda industrializatsiya dasturlari boʻyicha umumiy qiymati 367 milliard tenge boʻlgan 128 loyiha amalga oshirilgan, 16 mingta ish oʻrni yaratilgan. Ayni paytda, eksport qilinadigan mahsulotlarning nomenklaturasi ham ancha kengaytirilgan” deydi vazir.

“Hozir Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Tojikiston, BAA, Turkmaniston kabi koʻplab mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Mashinasozlik mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Masalan, yoʻlovchi vagonlari, elektrovozlar, Temiryoʻl gʻildiraklari va gʻildirak oʻqlari, kabi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. “Aziya Trafo” aksiyadorlik jamiyati MDH mamlakatlarida birinchi boʻlib katta quvvatga ega transformatorlarni ishlab chiqara boshladi. Ushbu transformatorlar 500 MVA (mega volt amper) quvvatga ega, - deydi Beybut Atamkulov.

Uning taʼkidlashicha, mashinasozlik tarmoqlari orasida ayniqsa, avtomobilsozlik jadal surʼatlarda rivojlanmoqda.

“Ishlab chiqarish 24,5 barobarga oshdi, har yilgi investitsiya oqimi 14,4 barobarga oʻsdi. Qozogʻiston avtomobilsozlik mahsulotlarini eksport qila boshladi. Bundan tashqari, ichki bozorda sotilgan yangi avtomobilning har ikkinchisi Qozogʻistonning oʻzida ishlab chiqarilayotgan avtomobillardir (mahalliylashtirish darajasi 40 foiz). Sohaning yirik korxonalari SariarkaAvtosanoat, XyundayTransAvto, Aziya Avto, KAMAZ-Injiniring, SemAZ va DeuBasKazaxstan”, - deb maʼlum qildi vazir.

2020-yil yanvar-may oylari mamlakat avtokorxonalarida 26 ming 810 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Ularning umumiy qiymati 173 milliard tenge. Oʻsish 47 foizni tashkil etgan. Xuddi shu vaqt mobaynida 1 ming 659 ta yengil avtomobil Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonga eksport qilingan.