Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozogʻistonda spirtli ichimlikdan zaharlangan 15 kishi vafot etdi
11:50 / 2020-07-05

Qozogʻistonning 15 fuqarosi qoʻl bola alkogol isteʼmoli natijasida bevaqt hayotdan koʻz yumdi.


Qozogʻistonning 15 fuqarosi qoʻl bola alkogol isteʼmoli natijasida bevaqt hayotdan koʻz yumdi. Shu ish yuzasidan politsiya uch gumondorni qoʻlga olgan. Bu haqda mamlakat IIV matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Qozogʻistonning bir yoʻla ikki mintaqasida politsiya insonlar oʻlimi bilan bogʻliq voqea yuzasidan tergov harakatlarini boshladi. Kustanay viloyati Orqaliq shahrida 3-4-iyul kunlari ”etanol taʼsirida zaharlanish“ tashhisi bilan 13 fuqaro shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan. Biroz muddat oʻtib, ularning 11 nafari halok boʻldi. Ushbu voqea bilan bir vaqtda Oqmola viloyati Jaqsin tumani Jana-Qiyma qoʻrgʻonida ham 4 kishi hayotdan koʻz yumdi”, - deyiladi vazirlik xabarnomasida.

Politsiya taqdim etgan maʼlumotga koʻra, fuqarolar nobud boʻlishi 5 litrlik yelim idishlarga quyilgan alkogol mahsuloti isteʼmolidan zaharlanish sabab roʻy bergan. Surishtiruv chogʻi politsiya Oqmola viloyatida spirtli ichimlik tayyorlanayotgan sexni topgan. “Politsiyachilar uch nafar gumondorni aniqlashdi va qoʻlga olishdi. Ulardan sotish uchun tayyorlab qoʻyilgan maʼlum miqdordagi mahsulot musodara qilindi. Afsuski, jinoyatchilar odamlar hayoti va salomatligiga jiddiy xavf soladigan juda koʻp qoʻl bola aroqni sotishga ulgurishgan”, - deyilgan va fuqarolar ishlab chiqarilishi shubhali boʻlgan alkogol mahsulotlarini xarid qilmaslikka chaqirilgan IIV bayonotida.