Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘istonda O‘zbekiston, O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkaziladi
16:19 / 2017-09-16

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqotlari so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Oliy darajadagi O‘zbekiston – Qozog‘iston muloqotlari so‘ngida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o‘tkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Nursulton Nazarboyev muzokaralar O‘zbekiston – Qozog‘iston munosabatlariga xos o‘zaro anglashuv va samimiyat ruhida o‘tgani, tomonlar barcha strategik masalalar bo‘yicha hamfikr ekanini alohida ta’kidladilar.

Mamlakatlarimiz hamkorligida ustuvor o‘rin tutadigan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va tranzit sohalaridagi aloqalarda izchil o‘sishga erishilgani qayd etildi.

Hamkorlik nomenklaturasi yangi sohalar bilan boyidi. O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa, mudofaa sanoati va kosmik faoliyat yo‘nalishida sheriklikni rivojlantiradi.

2018-yilda Qozog‘istonda O‘zbekiston yili va 2019-yilda O‘zbekistonda Qozog‘iston yili o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.