Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston zimmasidagi majburiyatdan ortiq neft qazib olmaydi
09:25 / 2019-09-27

Saudiya Arabistonida ishlab chiqarish pasaygani tufayli neft bozorida yuzaga kelgan yo‘qotishlardan Qozog‘iston foydalanib qolmaydi, deya bayonot berdi Qozog‘iston energetika vaziri Qanat Bozumbaev.


Saudiya Arabistonida ishlab chiqarish pasaygani tufayli neft bozorida yuzaga kelgan yo‘qotishlardan Qozog‘iston foydalanib qolmaydi, deya bayonot berdi Qozog‘iston energetika vaziri Qanat Bozumbaev.

“Saudiyalik hamkasblarimiz duch kelgan muammodan Qozog‘iston foydalanishi haqida gapirish axloqqa to‘g‘ri kelmaydi. Neft bozorida besh million barrel yo‘qotish nima degani? Bugungi kunda Qozog‘istonning qazib olishi 1,8 million barrel. Shunday ekan, biz qanchalik harakat qilmaylik bu imkoniyatni qoplay olmaymiz”, deya “Interfaks” agentligi 26 sentabrda Nur-Sultondagi anjumanda chiqish qilgan vazirBozumbaevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

“Biz OPEK+ bilan kelishuv asosida zimmamizga qatiy majburiyat olganmiz va biz bu majburiyatga sodiq qolib prognoz qilingan davrga qadar ya’ni 2020 yilning martigacha bir kunda 1 million 860 barreldan ortiq neft qazib olmaymiz”, deya qo‘shimcha qildi Bozumbaev.

O‘tgan haftada mahalliy OAV Ummon neft vaziri Muxammad ar-Rumxining bir nechta mamlakat, jumladan Qozog‘iston OPEK+ doirasida o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarmasliklari ehtimoli haqida bayonot bergani haqida ma’lum qilgan edi.

Qozog‘iston energetika vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilning sakkiz oyida o‘rtacha kunlik neft qazib olish 1,79 million barrelni tashkil qilgan. Bu shartnomadagi hajmdan 64 ming barrel kam deganidir.

Saudiyaning Aramco neft giganti bayonot berib, 14 sentabr kuni dronlarning hujumi oqibatida Saudiya Arabistonining bir kunda neft qazib olishi 5,7 million barrelga qisqarganini ma’lum qilgan edi, bu podshohlikda neft qazib olish teng yarmiga qisqarganini anglatadi. Saudiya Arabistoni hissasiga jahonda neft mahsulotlari ishlab chiqarishning 10 foizga yaqini to‘g‘ri keladi.