Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qozog‘iston: “Majburiy maktab formasi talablarini buzgan” qizlar soni aniqlandi
14:30 / 2018-03-15

Qozog‘istoning Oqtobe viloyati ta’lim boshqarmasi bayonot berib, ro‘mol o‘rab kelish taqiqlangani bois dars qoldirgan o‘quvchi qizlar ikkinchi yilga qoldirilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Qozog‘istoning Oqtobe viloyati ta’lim boshqarmasi bayonot berib, ro‘mol o‘rab kelish taqiqlangani bois dars qoldirgan o‘quvchi qizlar ikkinchi yilga qoldirilishi mumkinligini ma’lum qildi.

Viloyat xokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i Lyazzat Orazbayeva ayni damda mazkur masala bo‘yicha Ta’lim va fan vazirligi bilan maslahatlashuvlar olib borilayotganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda mintaqa maktablarida ro‘mol o‘rashni taqiqlovchi “majburiy maktab formasi talablarini buzgan” holda darsga qatnamayotgan 72 nafar o‘quvchi qiz bor.

—2018-yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra mintaqada 340 nafar ro‘mol o‘ragan holda maktabga qatnovchi qiz bor edi. Bugungi kunda ulardan 268 nafari ro‘molni yechdi. Ro‘molni yechishni istamagan 32 o‘quvchi Olmaota va Chimkent shaharlariga ko‘chib o‘tishdi va ayni damda o‘sha shaharlarda ta’lim olishmoqda, — deydi Lyazzat Orazbayeva.

Viloyat din ishlari boshqarmasi rahbari Joldas Kalmagambetovning aytishicha, “maktab formasi talablariga rioya etmayotgan” 72 o‘quvchi qiz 16 yoshga yetganidan keyingina ro‘mol o‘rashi mumkin ekan.