Qozogʻiston davlat amaldorlarining xorijda bank hisoblari boʻlishi taqiqlanadi
Qozogʻiston moliya vazirligi davlat amaldorlari va ularning oila aʼzolarining xorijda bank hisoblari boʻlishi taqiqlanishi haqida maʼlum qildi.
Qozogʻiston moliya vazirligi davlat amaldorlari va ularning oila aʼzolarining xorijda bank hisoblari boʻlishi taqiqlanishi haqida maʼlum qildi.
Bu tashabbus mamlakatning keng qamrovli boyliklarni yorugʻlikka chiqishi ortidan korrupsiya bilan bogʻliq bir nechta mashmashalar tufayli taqdim qilindi.
Moliya vaziri Yerulan Jamaubayev 2-sentyabr kuni bayonot berar ekan, bu reja — oʻzi boshqarayotgan muassasaning yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash va moliyaviy muvofiqlashtirishni keskinlashtirish borasidagi dasturining bir qismi ekanligini aytdi.
Yerulan Jamaubayevning maʼlum qilishicha, barcha bank hisoblari Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) aʼzolari oʻrtasida maʼmulotlarni ayirboshlash dasturi asosida tekshiriladi.