Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘ziqorin yetishtirish bo‘yicha yangi loyiha
10:59 / 2023-01-23

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi innovatsion hududda “Inson salomatligi uchun muhim biologik faol qo‘shimcha va iste’mol qilinadigan qo‘ziqorin turlarini yetishtirish texnologiyasini tatbiq etish” loyihasi bilan shug‘ullanib kelayotgan “Gold pharm mushrooms” MCHJ korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

– Loyiha Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan, – deydi viloyat Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov. – Jami loyiha qiymati 930 million so‘mni tashkil qiladi. Hozirgi kunda ushbu korxonada 12 ta ish o‘rni yaratilgan. Korxonada qo‘ziqorinning shampinon, veshenki, reyshi, trametes, geritsum turlari yetishtirilmoqda.  

Hozirda iste’mol qilinadigan qo‘ziqorin turlarini qayta ishlash, qadoqlash va dorivor qo‘ziqorin turlaridan biologik aktiv qo‘shimcha ishlab chiqarish tarmog‘i ya’ni laboratoriyasini ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning natijasida farmatsevtika sohasida ham qo‘llaniladigan dorivor qo‘ziqorinlarni yetishtirish mumkin bo‘ladi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA