Qo‘yliq dehqon bozorida sanitariya nazorati o‘tkazildi
Toshkent shahar Bektemir tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari va tuman VSEL, IIB xodimlari tomonidan Qo‘yliq dehqon bozorida sanitariya nazorati o‘tkazildi.
Nazorat tadbiri natijasida har biri 20 litr hajmda bo‘lgan sifati buzilgan kabachka, piyoz, loviya va daykon rediskalarining konserva mahsulotlari hamda iste’molga yaroqsiz polietilen idishlardagi 15 litr sut mahsuloti; 29 kg tovuq go‘shti ragulari savdosi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda bartaraf etildi.
Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan bozor ma’muriyati, javobgar shaxslar va fuqarolarga ovqatdan zaharlanish va uning oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O‘zA