Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Qo‘yliq" bozori yonidagi yo‘l yopiladi
08:28 / 2022-04-16

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, «Qo‘yliq» bozori yonidagi avtomobil yo‘lining bir qismi joriy yil 16 apreldan yopiladi.

Qayd etilishicha, mazkur hududda yangi ko‘prik qurilishi ishlari olib borilayotgani sababli 16 apreldan TXAYning «Qo‘yliq» dehqon bozori ro‘parasidan o‘tgan qismidagi yo‘l avtomobillar harakati uchun qisqaradi.

Xususan, TXAYning «Qumariq-Rohat» yo‘nalishida «Qo‘yliq» bozorining kirish joyi qarshisidan 200 metr uzunlikda to‘rt yo‘nalishidan ikkitasi vaqtincha yopiladi.

«Shuningdek, TXAYning "Rohat-Qumariq" yo‘nalishida "Kompas"  savdo majmuasi qarshisidagi bitta yo‘nalishi qurilish ishlari yakuniga yetguniga qadar 50 metr uzunlikda vaqtincha yopib qo‘yiladi.

O‘zA