English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qovunlar qishda qanday saqlanishini bilasizmi?
12:45 / 2022-01-05

Beshariq tumanida joylashgan Andarxon qishlog‘ida yashovchi aholi qadimdan qovun saqlash sirlarini o‘zlashtirib kelgan.

 Qishloqqa kelgan odamni hayratlantiradigan holat har ikki uydan birida ajoyib tarzda qovunlar saqlanishidir.

Manzilda 845 ta xonadon bor. 70 foizdan ko‘proq xonadon qovunchilik bilan shug‘ullanadi. Saqlash joylarida bo‘rikalla, qirqma, umrboqiy, kampirto‘n va bir necha navdagi qovunlar saqlanadi. Qishloq ahli asosan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida dehqonchilik qiladi. Shirindan shakar qovunlarni saqlashda qishloq hududining geografik joylashuvi ham katta ahamiyatga ega. Chunki hududda kun ora shamol esadi. Ayni shu shamol va o‘ziga xos saqlash joylari qovunlarni hatto may oyigacha saqlash uchun qulay sharoit bo‘lib xizmat qiladi.

<iframe width="1366" height="657" src="https://www.youtube.com/embed/7tQER8a0UBY" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Ahror Ziyatov, Zafar Ismoilov (Video), O‘zA