Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qovun qoqini milliy brendga aylantirishni maqsad qilgan oqchangalliklar
09:52 / 2022-11-14

FOTOREPORTAJ

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi Oqchangal qishlog‘ida 6 ming nafarga yaqin fuqaro bo‘lib ularning asosiy qismi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. Hudud yeri sho‘rligi sababli aholi qovun ekib  o‘rtacha 1 ga yerdan 30 tonnagacha hosil oladi. Qovunning 1 qismi sotib bo‘lingach oqchangalliklar qovun qoqi tayyorlashga bel bog‘laydi.

[gallery-9564]

Ayni vaqtda qovun qoqining tannarxi 12-14 ming so‘m. Shuningdek,  qovun urug‘idan farmatsevtikada dori-darmon ishlab chiqarishda keng foydalanib kelinmoqda.

- Mahallamizda nochor oilalar yo‘q, ko‘pchiligimiz qoqi tayyorlash bilan bandmiz. Tayyor mahsulotlar mahalliy bozorlardan tashqari xorijga ham eksport qilinmoqda, - deydi oqchangallik Rustam bobo Yuvashev.

 

 

Shahriyor ORTIQBOEV(surat),O‘zA