Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shtepalik kelin-kuyov referendumda ishtirok etdi
15:43 / 2023-04-30

Farg‘ona viloyatida mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy tadbir — “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum faollik bilan o‘tmoqda.

Qo‘shtepa tumanidagi 28-maktabda joylashgan 717-ovoz berish uchastkasiga kelgan saylovchilar ajoyib voqeaning guvohi bo‘lishdi. Ushbu uchastkaga bugun nikoh to‘ylarini o‘tkazayotgan yosh kelin-kuyov o‘zlarining do‘stlari va yaqinlari bilan ovoz berish uchun keldi.  

– To‘y tashvishlari bilan bo‘lib, ko‘p narsani esdan chiqargan bo‘lishimiz mumkin. Biroq konstitutsion huquqlarimizdan foydalanib, mamlakat kelajagi uchun ovoz berishni unutganimiz yo‘q, – deydi 717- uchastkaga kelgan yosh oila Oqilaxon va Furqatjon No‘’monovlar. – bugungi sana nafaqat O‘zbekiston tarixida, balki bizning oila uchun ham unutilmas bo‘lib qolmoqda. 

M.Sulaymonov, O‘zA