French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shtepadagi “Yo‘ldoshobod” kichik sanoat zonasi aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda
12:17 / 2021-12-23

Yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishlab chiqarishda raqobat muhitini mustahkamlashda kichik sanoat zonalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani "Sarmozor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Yo‘ldoshobod” kichik sanoat zonasi uchun 2019 yilda 1,29 gektar yer maydoni ajratilgan. Hozirgacha bu yerda 6 ta loyiha amalga oshirilib, 170 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Farg‘ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Qo‘shtepa tumanidagi o‘rganishlar chog‘ida ushbu kichik sanoat zonasida bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan tanishdi. “Kimyota’mir qurilish” korxonasida ishlab chiqarilayotgan poyabzal mahsulotlari sifati yuqori ekanligiga e’tibor qaratgan viloyat rahbari tadbirkorga mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish, mavjud ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish yuzasidan tavsiya berdi. Tadbirkor Akmalxon Soliyev esa "Grand militariy" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi haqida ma’lumot berdi.

[gallery-5194]

Viloyat rahbari “Asl duxoba baxmal” MCHJga qarashli baxmal ishlab chiqarish korxonasini, temir mahsulotlarini qayta ishlash va yana bir qator investitsiya loyihalari asosida tashkil etilgan ishlab chiqarish ob’ektlarini ko‘zdan kechirib,  tadbirkorlar bilan suhbatlashdi. Korxonalar faoliyatini yanada kengaytirish, tayyorlanayotgan mahsulotlarni eksport qilib, ish o‘rinlarini ko‘paytirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, “Xumdon” mahallasida joylashgan “Zero fax” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli zamonaviy gidroponika usulidagi issiqxonani ko‘zdan kechirdi. Tadbirkor Ulug‘bek Rahimjonov tashabbusi bilan 1 gektar maydonda barpo etilgan issiqxonada pushti pomidor yetishtirilmoqda. Dekabr oyi oxiri yanvar oyi boshida pomidor hosili yig‘ib olinadi. Kelgusi yil boshida 40 tonna pomidor hosili yig‘ib olish rejalashtirilgan bo‘lib, mahsulotlar qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga eksport qilinishi ko‘zda tutilgan. 
Issiqxona loyihasining umumiy qiymati 600 ming AQSH dollariga teng. Shundan 150 ming dollari tadbirkor hissasiga, qolgan summa xorijiy kredit hisobiga to‘g‘ri keladi. Loyiha quvvati 50 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega ob’ektda o‘nlab yangi ish o‘rni yaratildi. Viloyat rahbari gidroponika usulidagi issiqxona imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalasida o‘z takliflarini berdi.


Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA