English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shtepada zamonaviy to‘qimachilik korxonasi ish boshladi
16:51 / 2025-09-01

FOTOREPORTAJ

Mustaqilligimizning 34 yilligi keng nishonlanayotgan ayni kunlarda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida “Innovative Apparel” MCHJ tomonidan yirik to‘qimachilik va tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining birinchi bosqichi ishga tushirildi.

Shri-Lanka davlati bilan hamkorlikda tashkil etilgan korxonaga 15 million dollar xorijiy sarmoya yo‘naltirildi. Mahsulotlar Eron, BAA, Tailand, Pokiston, Qirg‘iziston va Rossiya kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Korxona ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbirkorlarning iqtisodiyot taraqqiyotidagi o‘rnini ta’kidladi. Shuningdek, Qo‘shtepadagi mazkur korxona tuman rivojiga katta hissa qo‘shishi, aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

[gallery-25108]

Loyiha doirasida hozirda 500 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan bo‘lib, korxona to‘liq ishga tushgach ishchilar soni 3 500 nafarga yetkaziladi. Korxona rahbariyati eksport hajmini 30 million dollarga yetkazishni rejalashtirgan.

Korxona dunyoda katta bozorga ega bo‘lgan “H&M” brendi bilan shartnoma tuzib, birinchi buyurtmalarni qabul qilgani ham muhim natija sifatida qayd etildi. Shuningdek, ishchilar uchun ta’lim markazi va tibbiyot punkti tashkil etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Shundan so‘ng “Mohir tikuvchilar” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tikuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Nuroniylar, xorijlik hamkorlar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, yangi korxonadagi ish jarayonlari, mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA