Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shtepada ixtisoslashtirilgan maktab ochildi
10:23 / 2023-03-02

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ilm olishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Loyiha qiymati 9,5 milliard so‘m bo‘lgan ushbu ta’lim muassasasi eng so‘nggi andozalar asosida bunyod etilgan bo‘lib, u to‘liq yangi innovatsion texnologiyalar bilan jihozlandi. Hozirgi kunda 5000 nafarga yaqin talabgorlar ichidan saralab olingan 336 nafar o‘quvchilar aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlarida bilim olmoqda. Ularga 30 nafardan ziyod oliy toifali o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.

[gallery-10777]

Tantanali tadbirda ramziy tasma qirqilib, mehmonlar maktab faoliyati hamda bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, muhtasham sinf xonalarida o‘quv jarayonlarini bevosita kuzatishdi. O‘quvchilar bilan suhbatlashgan viloyat hokimi davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qurilib, barcha qulayliklar muhayyo etilayotgan bunday maktablarda yaxshi o‘qib, zamonaviy bilimlarni egallash zarurligini ta’kidladi.

Viloyat rahbari “Soy bo‘yi” mahallasi hududida joylashgan “Aziz bolajon diyori” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. 150 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘chaning loyiha qiymati 2,7 milliard so‘mni tashkil etadi. Ayni paytda muassasada 80 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/hn0jdnxGq3M" title="Qo‘shtepada ixtisoslashtirilgan maktab ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Sulaymonov, O‘zA

M.Qodirov olgan surat