Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shtepada bolalar uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarishga ixtsoslashgan korxona ish boshladi
19:02 / 2020-11-09

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani «G‘ishtmon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Graf tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida bolalar trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonada 90 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlandi.

Korxona rahbari Ilhom Akbarovning aytishicha, bu yerda mahsulotlarni ichki va tashqi bozor talablari asosida ishlab chiqarish amaliyoti joriy qilingan. Ayniqsa, futbolka, ko‘ylak va sviterlar yuqori sifati bilan buyurtmachilarga manzur bo‘lmoqda. Hozirda korxona mahsulotlari Rossiyaga eksport qilinmoqda.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA