Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qo‘shrabot va paxtachilik oltin izlovchilar ushlandi
21:04 / 2022-04-15

Tarkibida oltin yoki boshqa qimmatli rudalarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanishning o‘z tartib-qoidasi bor. Bunga amal qilmaganlarga nisbatan jinoiy jazolar qo‘llanilishini ko‘pchilik yaxshi biladi. Ammo shunga qaramay bu kabi holatlar hamon uchrab turibdi.

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va IIB xodimlari hamkorligida Qo‘shrabot va Paxtachi tumanlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ana shunday holatlar qayd etildi.

Qo‘shrabot tumanida yashovchi Sh.B. hamda Paxtachi tumanida yashovchi T.M. yashash xonadonlarida jami 7 tonna 129,3 kilogramm, tarkibida oltin moddasi bo‘lgan qum zarralari borligi ma’lum bo‘ldi. Bu ashyolardan oltin olish maqsadida tosh maydalash tegirmonlari, qum quritish pechi, kimyoviy modda va boshqa buyumlardan foydalanib kelinayotgani aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi. Ushbu shaxslar elektr energiyasiga noqonuniy ulanishi oqibatida davlatga 270 million so‘m miqdorida zarar yetkazgan.

Hozirda bu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA